XAMRABAYEVA FERUZA IBRAGIMOVNA.

Uzbek

       - Suvning inson hayotidagi ahamiyati beqiyos. Iste'mol hajmi bo‘yicha suv faqat havoga bo‘lgan ehtiyojdan keyingi o‘rinda turadi, oziq ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojdan esa hattoki ustun hisoblanadi.  Organizmdagi molekulalar soni bo‘yicha suv birinchi o‘rinni egallaydi. 

       Ko‘p terlash paytida  organizm tomonidan anchagina miqdorda tuzlar yo‘qotiladi. Chuchuk suvni iste'mol qilish bu yo‘qotishlarni qayta tiklashda  yordam bermaydi, shu boisdan tuzlarning kamayib ketishi jarayoni sodir bo‘ladi va bu holat  har qanday organizmga salbiy ta'sir etadi. Aynan shunday holatlarda o‘rta darajada ma'danlashgan suvni iste'mol qilish o‘rinli  (mineral tuzlar miqdori 1 dan 10 g/l.gacha). Obi-hayotning bu turi   shifobaxsh-ichimlik mineral suvlari sifatida tavsiflanadi. Shisha idishlarga quyilgan “Chortoq” ma'danli suvi shunday xususiyatga ega  va ichimlik suvi sifatida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.  Yoqimli ta'mdan tashqari bu mahsulot chuchuk suvga nisbatan karbonad angidrid gazi va bir qator boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi.  Mineral suv tarkibida mavjud tuzlar osmotik samarani pasaytiradi, aynan shu boisdan  “Chortoq” suvini ichimlik suvi sifatida bir necha oy mobaynida iste'mol qilish mumkin. Xlorid sulfati qo‘shilgan xlorid-natriy-magniyli tarkib ham ahamiyatli. Uning ta'siri ko‘pgina ichki a'zolar, shuningdek oshqozon, oshqozon osti bezi, jigar, o‘t pufagi va ichak ishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. U yallig‘lanishga qarshi kuchli ta'sirga ega va natijada organizmda qon yangilanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Bu mineral suv tanadagi ishqor va kislota miqdorini me'yorga solishga va qon bosimini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

       Shuni ham ta'kidlash joizki,   “Chortoq” suvini qabul qilish terining turli xastaliklarida uning holatiga, tarangligi, sezuvchanligi va boshqa xususiyatlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Bunday suv tarkibiga kiruvchi ma'danlar organizmga yuqori darajada singuvchan bo‘ladi, shu boisdan ular metabolizmni yaxshilab, almashinuv jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Ma'danli suvning qandli diabetdan aziyat chekayotgan insonlarga foydasi shu bilan asoslanadi.  U shuningdek semirish paytida foydali bo‘lishi mumkin, chunki inson organizmida yog‘larning yo‘q qilinishiga xizmat qiladi, bu esa tana vaznining me'yorga kelishini ta'minlaydi. Mahsulotning buyrak va tanosil tizimi uchun foydasini ham ta'kidlash lozim.  

       Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki,  “Chortoq” mineral suvi ajoyib tiklovchi va shifobaxsh xususiyatlarga ega, shuningdek butun inson organizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Image: 
Должность: 
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya fakulteti dekani, «Gastroenterologiya va fizioterapiya» kafedrasi mudiri.