Kompaniya haqida

"Chortoq Mineral Water" MChJ QK - 2016 yilda tashkil etilgan kompaniya bo‘lib qisqa muddatda O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinni egalladi. Bugungi kunga kelib, Chortoq mineral suvi premial sifati, muvozanatli tarkibi, yumshoq ta’mi va noyob foydali xususiyatlari tufayli iste’molchilarning sevgisini va e’tirofini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Chortoq kurorti O‘zbekiston Respublikasining Namangan viloyatidagi Chotqol tog‘ tizmasining Janubiy yonbag‘rida, Chortoq soy daryosi vodiysidagi dengiz sathidan 623 m balandlikda, Farg‘ona artezian havzasida, ulkan tog‘ cho‘qqilari o‘rtasida joylashgan. 1953 yilda 32-son qudug‘i toza suv manbasini ochish uchun 507 metr chuqurlikda burg‘ulangan edi. Chuchuk suv o‘rniga tarkibida xlorid-sulfat-natriyli (2,6-3,0 g/l, pH=7,8) subtermik (+30°C) mineral suv topildi. Bu raqamlar Chortoqdagi №32 qudug‘ining suvini mashhur Truskavets kurortning №7 qudug‘i suviga o‘xshash deb baholashga imkon berdi. Chortoq suvi oshqozon-ichak trakti, jigar, o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi va diabet kasalliklari, shuningdek, yod tanqisligi kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.

2016 - yilda "Chortoq Mineral Water" MChJ QK qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Xususan, Buncra BV (Gollandiya) va mahalliy ta’sischilarning investitsiyalari tufayli minerallashtirilgan manba joylashgan yerda 0,5 va 0,33 litr hajmli shisha idishlarga suv quyish zavod o‘rnatildi. Qurilish 2016 yil iyun oyida boshlanib oktyabr oyida yakunlandi. Zavodda sifat va oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga javob beradigan eng zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Zavod HACCP, FSSC va ISO 9001:2015 standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan.
Chortoq brendi nafaqat mineral suvdir. Avvalo, bu inson hayotining barcha sohalarida hayot muvozanatiga erishishga qaratilgan butun bir falsafadir. Bunday balansning zarurligini tushunish ruhiy muvozanat va ma’naviy to‘laqonlik olib keladi. Va muvozanatli hayotning asosida, albatta, inson salomatligi, o‘zini va butun atrof dunyoni sog‘lomlashtirish istagi yotadi.

Shuning uchun biz kompaniyamizning shiori sifatida quyidagi chaqiruvni tanladik:

CHORTOQ - Balans Bilan yashang!